» » A seriya. “Atalanta” Neapoldan keyin Rimda zafar quchdi. Immobileda poker, Bonuchchida “Milan”dagi debyut gol

A seriya. “Atalanta” Neapoldan keyin Rimda zafar quchdi. Immobileda poker, Bonuchchida “Milan”dagi debyut gol


Futbol bo‘yicha Italiya A seriyasining 2-davra o‘yinlari boshlandi. “Inter” va “Roma”ni inobatga olmaganda, qolgan yetakchilar 20-turni muvaffaqiyatli yakunlashga erishdi.

Spaletti boshchilik qilayotgan “Inter” ketma-ket besh o‘yindan buyon raqiblarini taslim qila olayotgani yo‘q. Bu safar milanlik futbolchilar Florensiyadagi o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi.

“Roma” esa turning markaziy o‘yinida “Atalanta”dan 45 daqiqa davomida 1 ta ko‘p o‘ynab, yakunda baribir mag‘lub bo‘ldi. “Atalanta” yangi yil arafasida Neapolda “Napoli”ni yengib, Italiya Kubogining yarim finaliga yo‘l olgandi. Endi esa A seriyada yetakchilar “qonini ichishni” boshlashdi. Mazkur klub Yevropa Ligasida “Everton”, “Lion” kabilardan ustun bo‘la olgandi.

“Milan” uchun 2018-yil omadli start oldi. Mavsum boshida “Yuventus”dan sotib olingan va jamoa sardoriga aylantirilgan Leonardo Bonuchchi milanliklar safidagi debyut golini urib, jamoasiga 3 ochko keltirdi.

“Latsio” safida esa Chiro Immobile 4 ta gol urishning uddasidan chiqa oldi. Natijada u 18 ta o‘yindagi 20 ta goli bilan to‘purarlar poygasida peshqadam bo‘lib oldi. “Inter”ning argentinalik hujumchisi Mauro Ikardi esa 20 ta o‘yinda 18 ta gol urishga erishib, ikkinchi bo‘lib turibdi.

Mazkur turda A seriyaning ikki peshqadami — “Napoli” va “Yuventus” navbatdagi g‘alabalarni qo‘lga kiritdi. Shu bilan A seriya klublari 21-yanvarga qadar tanaffusga chiqib ketadi.

Italiya A seriyasi

20-tur o‘yinlari

6-yanvar, shanba

Gollar: Mauro Ikardi, 55 (0:1). Jovanni Simeone, 91+ (1:1).

Gollar: Lorenso De Silvestri, 39 (1:0). Mbaye Nyang, 53 (2:0). Yago, 85 (3:0).

Noaniq penalti: Erik Pulgar, 50 (B).

Gollar: Janluka Kaprari, 46+ (0:1). Massimo Koda, 69 (1:1). Massimo Koda, 84 (2:1). Enriko Brinyola, 91+ (3:1). David Kovnatski, 95+ (3:2).

Chetlatish: Jakopo Sala, 83 (S).

Gollar: Luis Alberto, 5 (0:1). Mirko Antenuchchi, 8-pen (1:1). Chiro Immobile, 19 (1:2). Chiro Immobile, 26 (1:3). Mirko Antenuchchi, 31 (2:3). Chiro Immobile, 41 (2:4). Chiro Immobile, 51 (2:5).

Gollar: Kalidu Kulibali, 66 (1:0). Xose Kalyexon, 78 (2:0).

Gol: Leonardo Bonuchchi, 54 (1:0).

Gollar: Andreas Kornelius, 14 (0:1). Marten de Roon, 19 (0:2). Edin Jeko, 56 (1:2).

Chetlatish: Marten de Roon, 45 (A).

Gol: Federiko Bernardeski, 74 (0:1).

Опубликовано: admin (7-01-2018, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют