» » O‘zbekistonda jamoatchilik hojatxonalari holati tubdan yaxshilanadi

O‘zbekistonda jamoatchilik hojatxonalari holati tubdan yaxshilanadi


O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va tasdiqlanishi kutilayotgan hujjat loyihasiga ko‘ra, umumiy ovqatlanish punktlari, mehmonxonalar, suvenir do‘konlari, yo‘l bo‘yi infratuzilmasi servis zonalari, bog‘lar, bozorlar, avtomobilga yoqilg‘i quyish shoxobchalari, avtomobillar uchun vaqtinchalik turargohlar, xizmat ko‘rsatish sohasi va odamlar ko‘p yig‘iladigan boshqa joylarda hojatxonalar inventarizatsiyadan o‘tkaziladi, deb yozadi “Nuz.uz”.

Inventarizatsiya yakunlariga ko‘ra, hojatxonalar bo‘lmagan joylarda ular quriladi, mavjud hojatxonalar esa joriy holatiga qarab, uchta guruhga bo‘linadi va ikki yil ichida chet mamlakatlarda qabul qilingan talablarga javob beradigan holatga keltirish bo‘yicha yo‘l xaritalari ishlab chiqiladi.

Turizm qo‘mitasi tadbirkorlik subyektlariga soliq imtiyozlarini taqdim etish va shuning hisobiga o‘z hojatxonalarini zarur holatga keltirish va ularni toza va tartibli holatda saqlashi uchun imkoni berishni taklif qilmoqda.

Yaxshi ta’mirlangan va santexnikasi soz bo‘lgan hojatxonalarda sanuzelni tozalashning tizimlashtirilgan grafigini joriy qilish taklif etilmoqda. Bunda mas’ul xodim muntazam ravishda belgilangan vaqtda hojatxonani tozalaydi. Ikkinchi toifali (konstruksiyasi yaxshi bo‘lgan, suv va kanaliatsiyaga ulangan) hojatxonalar kapital ta’mirdan chiqarilishi va santexnikasi almashtirilishi hamda birinchi holatdagi kabi xizmat ko‘rsatish darajasi joriy qilinishi kerak.

Olis hududlarda joylashgan, qo‘lbola materiallardan qurilgan, suv va kanalizatsiyaga ulanmagan uchinchi toifadagi hojatxonalar rekonstruksiya qilinadi va bir necha tonnalik sig‘imga ega baklar bilan ta’minlanadi hamda assenizatsiya xizmati ko‘rsatiladigan beton axlat o‘ralari quriladi.

Опубликовано: admin (8-01-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют