» » Fotogalereya: Amfibiyaga aylantirilgan avtomobillar

Fotogalereya: Amfibiyaga aylantirilgan avtomobillar


“Motor” nashri ham quruqlikda, ham suvda harakatlana oladigan avtomobil-qayiqlar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

Run A Ground

Endi Sonders ismi fuqaro uch g‘ildirakli Reliant Robin avtomobili shassisining ustiga Monbar 146 qayig‘ini o‘rnatib ushbu ajoyib mashinani yaratgan. 10 yil davomida Endi uning yordamida muntazam sayrlarga chiqib turgan.

Sea Ray Bowrider

Kunlarning birida Markning rafiqasi Reya Robin turmush o‘rtog‘ining bekor yurganini ko‘rib, u bilan bir yil ichida qayiq ko‘rinishidagi avtomobilni qurish bo‘yicha garov bog‘lashadi. Markka ushbu fikr qiziqarli tuyulgan va GMC Jimmy shassisi hamda oilaviy budjetining 10 ming dollarini yo‘lda yuradigan qayiqqa — Sea Ray Bowrider’ga aylantirgan.

DUKW

Ikkinchi jahon urushi va Koreya urushlaridan so‘ng AQSh ixtiyorida General Motors ishtirokida yaratilgan ko‘plab eskirgan DUKW amfibiyalari qolib ketgan. Mashinalarning bir qismi Amerika bo‘ylab ekskursiyalarni uyushtiruvchi Ride the Ducks kompaniyasi tomonidan sotib olingan va qayiq mashinalarga aylantirilgan.

LARC-V

AQSh armiyasi 1965-yili LARC-V’ning birinchi nusxalaridan foydalanishni boshlagan, ko‘plab nusxalari esa hamon xizmatni o‘tamoqda. LARC-V’dan ham xuddi DUKW kabi ekskursiya avtobuslari sifatida foydalanilgan. Bir vaqtning o‘zida uning bortida 20 nafar yo‘lovchi joylashgan.

The Drake

Sent-Maykls-Maunt orolida “yashovchi” The Drake katta ishtiyoq bilan yaratilgan. Qiziqarli jihati o‘sha vaqtda General Motors’ning ham sinov amfibiyasi xuddi shu nomda bo‘lgan.

Peugeot Motor Boat Car

Ushbu shou-kar 1925-yilda yaxta va motorli qayiqlarni yaratish bilan shug‘ullanuvchi Peugeot Nautic bo‘linmasini reklama qilish uchun qurilgan. U faqatgina oddiy yo‘llarda harakatlana olgan.

Triton

1981-yilda Dmitriy Kudrtachkov tomonidan qurilgan Tritonga “GAZ021”ning motori o‘rnatilgan bo‘lib, u quruqlikda soatiga 120 kilometr tezlikda, suvda esa 60 km/soat tezlikda harakatlana olgan.

Опубликовано: admin (8-01-2018, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют