» » Milliy aviakompaniya samolyotda joy tanlash xizmatini joriy etmoqda

Milliy aviakompaniya samolyotda joy tanlash xizmatini joriy etmoqda


8-yanvardan boshlab “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi reyslarida joy tanlash interaktiv xizmati joriy etishga kirishildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Aviakompaniya matbuot xizmatining xabar qilishicha, birinchi bosqichda yaqin xorijga uchuvchi Airbus A-320 samolyotlarida ushbu xizmat ko‘rsatiladi. Keyinchalik xizmatni barcha yo‘nalishlarga tatbiq etish ko‘zda tutilgan.

Joylarni oldindan tanlash va band qilish qoidalari bilan aviatashuvchi saytida tanishish mumkin. Hujjatga ko‘ra, oyna oldidan joy tanlash 25 ming so‘m tursa, ekonom-klassning birinchi qatoridan joy olish uchun 100 ming so‘m to‘lash lozim.

Опубликовано: admin (8-01-2018, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 118) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют