» » Toshkentda dugonasini kuzatib qo‘yish uchun mashina o‘g‘irlagan yigit uyiga avtobusda qaytdi (video)

Toshkentda dugonasini kuzatib qo‘yish uchun mashina o‘g‘irlagan yigit uyiga avtobusda qaytdi (video)


Toshkent shahrining Mirobod tumanida mashina olib qochish bilan bog‘liq holat kuzatuv kameralari yordamida fosh etildi. Bu haqdagi lavha “Toshkent” telekanalining “Poytaxt-vaziyat” ko‘rsatuvida efirga uzatildi.

Taras Shevchenko ko‘chasidagi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ binosi qarshisida Cobalt mashinasini qulflamasdan qoldirgan Muhiddin Ortiqov ish bo‘yicha bankka kirib ketgan. Mashinaning ochiqligidan foydalangan 1997-yilda tug‘ilgan Shavkat To‘ychiboyev uni olib qochib ketdi. Kuzatuv kameralariga tushib qolgan yigit huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olindi.

Markaziy univermag (MUM) oldiga kelib, Karina ismli qiz bilan uchrashdim. U bilan aylangani MUMga kirdik. U aylanib yurganida, men tashqariga chiqdim. Yo‘l bo‘ylab ketayotganimda Cobalt’ning eshigi ochiq turganini ko‘rdim. Ichiga o‘tirsam, kaliti o‘t oldirgichda ekan.

So‘ng Karinani uyiga olib borib qo‘yish maqsadida mashinani o‘t oldirib, haydab ketdim. MUMning yoniga haydab borib, qizni olib, Lisunova-4 (Aviasozlar) mavzesiga olib borib qo‘ydim. Keyin mashinani o‘sha atrofda qoldirib, eshigini qulflamay, kalitini og‘zida qoldirib, avtobusda uyimga qaytdim.

Shavkat To‘ychiboyev, ayblanuvchi

Shavkat To‘ychiboyev ilgari ham ochiq qoldirilgan mashinalardan pul o‘g‘irlaganini ma’lum qildi. U Captiva’dan 100 ming so‘m pul va avtomobil kalitini, Lacetti’dan qimmatbaho buyumlar topolmagach mashina kalitini, Cobalt’dan 4 ming so‘m, Nexia’dan 2 ming so‘m pul olgan.

“Qilgan ishlarimdan qattiq pushaymonman”, — deydi 20 yoshli Shavkat.

To‘ychiboyevga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi (transport vositasini olib qochish) bo‘yicha ayblov e’lon qilinib, qamoq ehtiyot chorasi ko‘rilgan. U 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Опубликовано: admin (9-01-2018, 13:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют