» » Google sobiq xodimlari kompaniyani oq irqni kamsitishda aybladi

Google sobiq xodimlari kompaniyani oq irqni kamsitishda aybladi


Google kompaniyasining o‘tgan yil avgustda ishdan bo‘shatilgan sobiq xodimi Jeyms Damor oq tanli erkaklarni kamsitish bo‘yicha tashkilotni sudga berdi. Da’voga kompaniyada uch yil ishlagan Devid Gudmen ham qo‘shildi, deb yozadi Tech Crunch nashri.

Damor da’vosi maqsadi kompaniyadagi konservativ siyosiy qarashlar, erkak jinsi va oq irqqa tegishlilik tufayli zulm ko‘rsatilishi haqida hikoya qilishdan iborat ekanligini ma’lum qildi. Sobiq xodimlar so‘zlariga ko‘ra, kompaniyada siyosiy mavzuda ko‘pchilikning fikridan farqlanuvchi qarashlarni ifodalovchilar bilan keskin muomala qilingan.

Shuningdek, da’voda firma ayollar va milliy kamchilik vakillari uchun o‘ylab chiqilgan kvotalardan kelib chiqib xodimlar to‘plaganligi ma’lum qilinadi.

Da’vo Kaliforniyaning Santa-Klara shahri oliy instansiya sudida ko‘rib chiqiladi.

Опубликовано: admin (9-01-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют