» » Chili sobiq prezidenti muxolifatchilarini uni qoralash bo‘yicha kampaniya olib borishda aybladi

Chili sobiq prezidenti muxolifatchilarini uni qoralash bo‘yicha kampaniya olib borishda aybladi


Chili sobiq prezidenti Sebastyan Pinyera 27-fevral, dushanba kuni siyosiy muxolifatchilarini uni qoralash bo‘yicha kampaniya olib borishda aybladi. U navbatdagi prezidentlik saylovlarida nomzodini ilgari surish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda, deb yozadi “TASS”.

“Kommunistik partiya o‘z deputatlari va ‘Yangi ko‘pchilik’ vakillari ko‘magida iflos, qabih kampaniya olib bormoqda. Bundan prezidentlik lavozimiga nomzodlik qilishimga to‘sqinlik qilish uchun karyeramga dog‘ tushirish va jamoatchilik fikrini chalg‘itish maqsadi ko‘zlangan”, — dedi sobiq davlat rahbari matbuot anjumanida.

Avvalroq Bio Bio radiostansiyasi prezidentlik lavozimini bajara turib, Pinyera Andes Iron tog‘-konchilik kompaniyasi uchun manfaatli qaror qabul qilgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan edi. Kompaniyada sobiq davlat rahbari oilasining ham ulushi bo‘lgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-02-2017, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют