» » Sirdaryoda 8-sinf o‘quvchisi Lacetti mashinasi ichidan iPhone va 5 million so‘m pul o‘g‘irladi

Sirdaryoda 8-sinf o‘quvchisi Lacetti mashinasi ichidan iPhone va 5 million so‘m pul o‘g‘irladi


Sirdaryoning Yangiyo‘l shahri oziq-ovqat kasb-hunar kollejida o‘smirlar orasidagi jinoyatchilik masalasida tadbir o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB ma’lum qildi.

Kun tartibidagi asosiy masala Sirdaryo viloyati, Baxt shahrida joylashgan O‘g‘il bolalar maxsus kollejining 8-sinf o‘quvchisi, 2002-yilda tug‘ilgan Ortiqov Shahzodbek Mahmudjon o‘g‘li (ism-shariflari o‘zgartirilgan) tomonidan Yangiyo‘l shahrida sodir etilgan o‘g‘irlik holati yuzasidan Yangiyo‘l shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 169-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘ldi.

Taqdimnoma muhokamasida Baxt shahridagi O‘g‘il bolalar maxsus kolleji rahbariyati, Yangiyo‘l shahar IIB, prokuratura, soliq inspeksiyasidan mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Taqdimnomada bayon qilinishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani sudi ajrimiga asosan maxsus kollejga joylashtirilgan o‘quvchi Sh. Ortiqov kollejdan 2017-yil 21-dekabr kuni qochib ketib, 2018-yilning 6-yanvar kuni Yangiyo‘l shahrida “Asil sifat biznes” MChJga tegishli Lacetti avtomashinasi salonidan 3 million so‘mlik iPhone 6 telefonini 5 million so‘m pulni o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.

Muhokama jarayonida maxsus kollej rahbariyati va mas’ul shaxslarning o‘z vazifalariga sidqidildan yondoshmasdan, o‘quvchi Sh. Ortiqov kollejdan qochib ketgan bo‘lsa-da, bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga xabar bermagani tanqid ostiga olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2018, 00:54)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют