» » Hukm o‘zgarishsiz qoldi: sud Islombek To‘laganov advokatlarining apellyatsiya shikoyatini rad etdi

Hukm o‘zgarishsiz qoldi: sud Islombek To‘laganov advokatlarining apellyatsiya shikoyatini rad etdi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida 12-yanvar kuni avvalroq Jasurbek Ibrohimovning vafoti haqidagi ish bo‘yicha aybdor deb topilgan va olti yilga ozodlikdan mahrum qilingan Islombek To‘laganovning advokatlari tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyati bo‘yicha eshituv bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Nuz.uz”.

To‘laganovning ikki advokati Ibrohimov olgan jarohatlari tufayli emas, balki vaqtida ko‘rsatilmagan tibbiy yordam sababli vafot etganini da’vo qildi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, agar marhum kasalxonaga tushgan birinchi kuniyoq operatsiya qilinganida, tirik qolgan bo‘lardi. Bundan tashqari, ular birinchi kunlari bemorga kuchli ta’sir qiluvchi og‘riqsizlantiruvchi dorilar ukol qilinganiga e’tibor qaratdi.

Islombekning otasi Abdujalil Rasulov o‘z o‘g‘lini to‘liq oqladi va sudga o‘sha mushtlashuvda Islombekning o‘zi ham jabrlanganini eslatdi, shuningdek, o‘g‘li jinoyatni amalga oshirish chog‘ida voyaga yetmagan bo‘lganligiga diqqat qaratdi.

Bu da’volarning barchasiga Jasurbek Ibrohimovning buvisi javob qildi. Sudga murojaat qilib, u tuman sudi faqat bir kishini  aybdor deb topib, qolganlarni guvohlar sifatida so‘roq qilib, adolatsiz qaror chiqarganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir ularning oilasi qanday, Islombek To‘laganovning oilasi qanday talafot ko‘rganini taqqoslab o‘tirish butunlay noo‘rin.

Shahar sudi apellyatsiya shikoyatini konstitutsiyaviy tartibda ko‘rib chiqib, hukmni o‘zgarishsiz qoldirish haqida qaror chiqardi. Ya’ni To‘laganovning advokatlari taqdim etgan dalillar birinchi instansiya sudi tomonidan chiqarilgan hukmni o‘zgartirish uchun yetarli darajada jiddiy emas, deb topdi. Shu bilan birga, ishda bir qancha ziddiyatlar topildi, bu esa Jasurbek Ibrohimov yotgan ba’zi tibbiyot muassasalari shifokorlari xatti-harakatlariga nisbatan prokuror tekshiruvi belgilanishiga sababchi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Mirobod tuman sudi 30-oktabr, dushanba kuni Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o‘quvchisi Jasurbek Ibrohimovning o‘limi yuzasidan Islombek To‘laganovni olti yilda ozodlikdan mahrum etish bo‘yicha hukm chiqargan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2018, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют