» » Bugun dahshatli o‘yin: “Liverpul” — “Siti”. Kecha “Chelsi” ochko yo‘qotdi, “Tottenhem” Runi jamoasiga 4 ta gol urdi

Bugun dahshatli o‘yin: “Liverpul” — “Siti”. Kecha “Chelsi” ochko yo‘qotdi, “Tottenhem” Runi jamoasiga 4 ta gol urdi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-Ligasi klublari mavsumning 23-turini boshlab yubordi va uning doirasidagi 7 ta uchrashuvni yakunlab ham ulgurdi.

Shanba oqshomining markaziy o‘yinida “Everton”ni qabul qilgan “Tottenhem” futbolchilari 4:0 hisobida zafar quchdi. Shu kuni liverpulliklar safida turkiyalik hujumchi Jenk Tosun debyut qildi. Ammo bu Ellardays jamoasiga yordam bera olmadi.

“Chelsi” esa yana bir qiziqarli o‘yinda “Lester”ni taslim qila olmadi. Shu tariqa Konte jamoasi “Yunayted”ga yanada ilgarilab ketish imkoniyatini taqdim etdi.

Devid Moyes boshqaruvidagi “Vest Hem” sekin-asta o‘ziga kelayotganini ko‘rish mumkin. Londonlik futbolchilar bu safar debyutant klub maydoniga tashrif buyurib, yirik g‘alabaga erishdi — 4:1.

Bugun — 14-yanvar sanasida turning markaziy o‘yini bo‘lib o‘tadi va unda “Liverpul” o‘z maydonida peshqadam “Manchester Siti”ni qabul qiladi. Tomonlarning Manchesterda o‘tgan o‘yinida Gvardiola jamoasi 5:0 hisobida zafar quchgandi.

Angliya Premyer-Ligasi

23-tur bellashuvlari

13-yanvar, shanba

Chetlatish: Ben Chilvel, 68 (L).

Gollar: Mark Noubl, 25 (0:1). Jo Lolli, 40 (1:1). Marko Arnautovich, 46 (1:2). Manuel Lansini, 56 (1:3). Manuel Lansini, 61 (1:4).

Gollar: Jeyms Uord-Prouz, 20 (0:1). Jeyms Uord-Prouz, 44 (0:2). Andre Grey, 58 (1:2). Ayudulay Dukure, 90 (2:2).

Gollar: Jordan Ayyu, 60 (0:1). Xoselu, 68 (1:1).

Gollar: Jonni Evans, 4 (1:0). Kreyg Douson, 55 (2:0).

Gol: Bakari Sako, 21 (1:0).

Gollar: Son Xyon Min, 26 (1:0). Harri Keyn, 47 (2:0). Harri Keyn, 59 (3:0). Kristian Eriksen, 81 (4:0).

14-yanvar, yakshanba

“Bornmut” — “Arsenal” 18:30

“Liverpul” — “Manchester Siti” 21:00

15-yanvar, dushanba

“Manchester Yunayted” — “Stok Siti” 01:00



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2018, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют