» » 16-yanvar kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor yog‘adi

16-yanvar kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor yog‘adi


16-yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Kechasi va kunduzi 0—2 daraja sovuq bo‘ladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 11—16, kunduzi 2—7 daraja sovuq, Ustyurt bo‘ylab kechasi 15—20, kunduzi 5—10 daraja sovuq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 8—13, kunduzi 2—7 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Kechasi va kunduzi havo harorati 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi ( yomg‘ir, qor yog‘adi). Havo harorati kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kechasi va kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 0—5, kunduzi 2—7 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, qor yog‘adi, ayrim joylarda kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 0—5 daraja sovuq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2018, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют