» » Muddatli harbiy xizmatga chaqiruv e’lon qilindi

Muddatli harbiy xizmatga chaqiruv e’lon qilindi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida farmon imzoladi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasining chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2018-yilning fevral-mart oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinadi.

Muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilar 2018-yilning fevral-aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют