» » Rossiyada 3 nafar 7 yoshli bolaga armiyaga chaqiruv qog‘ozi keldi

Rossiyada 3 nafar 7 yoshli bolaga armiyaga chaqiruv qog‘ozi keldi


4-dekabr kuni Rossiyaning Primorye o‘lkasidagi Ussuriysk shahrida yetti yoshli Aleksandr armiyaga chaqiruv qog‘ozini oldi, deb xabar beradi TJournal.

Aleksandr 2010-yilda tug‘ilgan bo‘lsa-da, chaqiruv qog‘ozida u 2018-yilda 18 yoshga to‘lishi haqida yozilgan. Chaqiruvda ikkinchi sinf o‘quvchisi 13-dekabr kuni harbiy komissariatga kelishi shartligi belgilangan.

Qonun bo‘yicha agar u belgilangan muddatda harbiy komissariatga kelmasa, ma’muriy va hatto jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Aleksandrning buvasi chaqiruv qog‘oziga yumor bilan yondashdi va nabirasini o‘sha kuni harbiy komissariatga olib borishini ma’lum qildi. “Men sobiq harbiyman va biz buyruqlarni so‘zsiz bajaramiz”, — deydi u.

Harbiy komissariatga chaqiruv qog‘ozi hammasi bo‘lib uch nafar yetti yoshli bolaga jo‘natilgan. Komissariat xodimlari vaziyatni harbiy xizmatga chaqiriluvchilar ro‘yxatidagi xatolik bilan izohlagan.

Опубликовано: admin (5-12-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют