» » Tramp va Nazarboyev kengaytirilgan strategik sheriklik to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qiladi

Tramp va Nazarboyev kengaytirilgan strategik sheriklik to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qiladi


Donald Tramp va Nursulton Nazarboyev 16-yanvar kuni Vashingtonda kengaytirilgan strategik sheriklik to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qilishi kutilmoqda. Bu haqda Qozog‘iston prezidentining matbuot kotibi Oydo‘st Uqiboy ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

“Tashrif yakunlari bo‘yicha ikki davlat yetakchilarining Qozog‘iston va AQSh aloqalarini yanada chuqurlashtirishni nazarda tutuvchi kengaytirilgan strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonoti qabul qilinadi. Ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, AQSh investitsiyalarini mamlakat iqtisodiyotiga jalb etishga e’tibor qaratiladi. Amerika kapitali ishtirokidagi qo‘shma loyihalar Qozog‘iston iqtisodiyotining turli sohalarini qamrab oladi. Muzokaralar doirasida qiymati bir necha milliard dollarga teng qator kelishuvlar imzolanadi”, — dedi Uqiboy.

Matbuot kotibiga ko‘ra, Qozog‘iston rahbarining amerikalik yetakchi siyosatchilar va biznesmenlar bilan uchrashuvlari rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Nursulton Nazarboyev 16—18-yanvar kunlari AQShda tashrif bilan bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2018, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют