» » Germaniyada politsiya yo‘qolgan odamni dron yordamida topdi

Germaniyada politsiya yo‘qolgan odamni dron yordamida topdi


Germaniya politsiyasi Bavariya federal yerida teplovizor bilan jihozlangan dron yordamida yo‘qolgan kishini topish va uni qutqarishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Hodisa Quyi Frankoniya okrugida yuz bergan. 86 yoshli ovchi atrofni ko‘zdan kechirish uchun ketgan va orqaga yo‘lni topa olmagan. Kech tusha boshlagach, uning rafiqasi politsiyaga xabar bergan.

Ta’kidlanishicha, dron erkakning joylashgan joyini qayd etgan va politsiyachilarga bu haqda ma’lumot jo‘natgan. Ovchi botqoqli joyda qolib ketgan va u yerdan mustaqil o‘zi chiqa olmagan. U jiddiy sovqotgan, ayni vaqtda uning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 06:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют