» » Buyuk Britaniyada 5 kun avval yo‘qolgan it dron yordamida topildi

Buyuk Britaniyada 5 kun avval yo‘qolgan it dron yordamida topildi


Buyuk Britaniyaning Abertilleri (Janubiy Uels) shahrida 5 kun avval yo‘qolgan chixuaxua zotiga mansub itni qidirishga dron jalb etildi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda. 

Qurilma Cherri laqabli itni 20 daqiqa ichida mahalliy tog‘ tunnellaridan biridan topdi. Dron itning qayerda ekanligini teplovizion kamera orqali aniqlagani bildirilmoqda.

Cherrining 27 yoshli egasi Katinka Slingsbi dron xizmat haqini to‘lash uchun xayriya to‘plashga kirishgan va 1,2 ming funt sterling (qariyb 1,5 ming dollar) yig‘ishga muvaffaq bo‘lgandi. Biroq qurilmani mahalliy firmalardan biri bepul taqdim etdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-03-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют