» » Sho‘rva haqiqatan ham shunchalik foydalimi?

Sho‘rva haqiqatan ham shunchalik foydalimi?


“Bir kunda kamida bir marta me’da ichida sho‘rva bo‘lishi kerak” — sho‘rvaning foydasi haqidagi rivoyat taxminan shunday ma’noda ifodalanadi. Lekin nima uchun aynan sho‘rva shunchalik foydali taom hisoblanadi? Bu savolga gastroenterolog bloger Anna Yurkevich javob beradi.

Bugungi kunda sho‘rva ichish unchalik shart emasligini balki deyarli hamma bilsa kerak. Suyuq ovqatlarni yaxshi ko‘rish nima uchun paydo bo‘lgan? Chunki bu me’dani to‘ldirishning eng oson va arzon usuli.

Hozir biz to‘kin-sochinlik zamonida yashayapmiz, axir hamma vaqt ham shunday bo‘lmagan-ku. Bizning ota-onalarimiz ommaviy tanqislikni, shu jumladan oziq-ovqat do‘konlaridagi tanqislikni hali ham eslaydi. O‘sha paytlari suyuq ovqatlar, sho‘rvalar juda qo‘l kelgan.

Keling o‘ylab ko‘ramiz: suyuq ovqatlar tarkibida boshqa ovqatlarda bo‘lmagan qanday foydali narsalar bor?

Biz suyuq ovqatlarga qarshi emasmiz. Agar siz ularni yaxshi ko‘rsangiz — marhamat. Lekin agar siz ularni majburan faqat “o‘z sog‘lig‘ingiz uchun” yeydigan bo‘lsangiz, unda o‘ylaymizki, o‘zingizni qiynashga arzimaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 00:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют