» » MXX Farg‘onada besh nafar valyutafurushni qo‘lga oldi

MXX Farg‘onada besh nafar valyutafurushni qo‘lga oldi


Milliy xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan reydlar natijasida noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullangan besh nafar shaxsni qo‘lga oldi, deb xabar beradi “Pravda Vostoka”.

“Xodimlar uch nafar qo‘qonlikni naqd pul bilan qo‘lga oldi. Xususan, Fazliddin Rahimova va uning sheriklari Maqsud Latipov va Akbar Hasanov o‘z uyida qo‘lga olingan. Ular 8300 so‘m kurs bo‘yicha 6600 dollarni 54,7 million so‘mga sotishga uringan”, — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Uchko‘prik tumanida o‘tkazilgan reyd vaqtida Alisher Komilov va Mansurjon Fayziyevlar ham naqd pul bilan qo‘lga olingan. Ular 8240 so‘m kurs bo‘yicha 7800 dollarni almashtirishga harakat qilgan. Shuningdek, Fayziyevning yonidan 585 dollar ham topilgan.

Bosh prokuratura qoshidagi viloyat departamenti boshqarmasi qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta boyliklarini qonunga xilof ravishda sotib olish yoki sotish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zgadi. Tergov ishlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют