» » O‘FF iqtidorlarni saralashda Belgiya yo‘lidan yurmoqchi. Bugun Toshkentga belgiyalik ikki mutaxassis yetib keldi

O‘FF iqtidorlarni saralashda Belgiya yo‘lidan yurmoqchi. Bugun Toshkentga belgiyalik ikki mutaxassis yetib keldi


Belgiya futbol federatsiyasining texnik bo‘limiga rahbarlik qilayotgan Kris van Puyvelde hamda “Anderlext” futbol klubi skautlarining rahbari Bekir Tedek avval va’da qilingani kabi O‘zbekiston futbol federatsiyasiga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni tashkilot binosida prezident Umid Ahmadjonovning o‘zi kutib oldi. Bunda tomonlar O‘zbekistonda bolalar va o‘smirlar futbolini rivojlantirishda Belgiya tajribasidan foydalanish masalasida suhbat qurgan.

Umid Ahmadjonov yoshlar futbolida O‘FF qanday siyosat olib borishni rejalashtirganini belgiyaliklarga tushuntirgan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston 4 ta alohida mintaqaga ajratib chiqiladi va ularning har biriga javobgar etib, xorijiy mutaxassislar olib kelinadi. Ularning ish faoliyatini esa boshqa bir xorijiy mutaxassis monitoring qilib borishi kerak. O‘FF bunda Belgiya tajribasiga suyanishni rejalashtirgan. Shu vajdan kelib chiqib, texnik direktorning ham aynan Belgiyadan bo‘lishi mantiqlidir.

Monitoring davomida texnik direktor skauting ishlarini yangi bosqichga olib chiqishi kerak bo‘ladi. Shu tariqa mamlakatdagi iqtidorli bolalar saralab olinib, ularning eng salohiyatlilarini Belgiya va Yevropaning boshqa mamlakatlarida joylashgan futbol akademiyalariga o‘qish uchun yuborish kun tartibida bo‘lishi kerak.

Belgiyalik mutaxassislar fikr va takliflarni o‘rganib chiqadi hamda bu borada o‘z shartlarini taqdim etadi. Unga qadar esa uch kun davomida Toshkentda bo‘lib, poytaxtning uch grand klubi qanday ishlayotgani bilan tanishadi. Bunda bolalar uchun yaratilgan sharoitlar asosiy planda bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют