» » Kosonsoylik soxta tadbirkorning faoliyatiga chek qo‘yildi

Kosonsoylik soxta tadbirkorning faoliyatiga chek qo‘yildi


Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan Kosonsoy tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida fuqaro M.Q.ning qonunga xilof ravishda faoliyat ko‘rsatayotgani aniqlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Soxta tadbirkor belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmagani kamlik qilgandek, umumiy qiymati 21 million so‘mlikdan ziyod yog‘ mahsulotini hech qanday hujjatlarsiz sotayotgan edi. Mazkur holat bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, 2 ming 390 kilogramm paxta yog‘i hamda 514 kilogramm o‘simlik yog‘i ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi va tegishli tartibda chora ko‘rildi.

Boshqarmadan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2017 yil mobaynida bu yo‘nalishda tashkil etilgan monitoring tadbirlari natijasida naqd pulni nazorat-kassa mashinasiga kirim qilmaslik, mahsulotni belgilangan narxdan qimmat sotish kabi 15 qo‘pol qonun buzilishi holati aniqlangan. Mazkur holatlar bo‘yicha huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan jami 6 million 700 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют