» » Avtobusda yonib ketgan 52 o‘zbekistonlik, vodiydagi “gaz muammosi”, vazirlikda ishlayotgan Shahnoza Mirziyoyeva va kunning boshqa muhim xabarlari

Avtobusda yonib ketgan 52 o‘zbekistonlik, vodiydagi “gaz muammosi”, vazirlikda ishlayotgan Shahnoza Mirziyoyeva va kunning boshqa muhim xabarlari


18-yanvarning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida Rossiyaga ketayotgan avtobus yonib ketdi. Avtobus salonida jami 57 kishi bo‘lgan, ulardan 52 nafari halok bo‘lgan — qurbonlarning bari o‘zbekistonlik. Hodisa joyiga O‘zbekiston vakillari yo‘l olgan. Voqea munosabat O‘zbekiston Prezidentiga xorijiy mamlakatlarning rahbarlari, rasmiylari hamdardlik bildirmoqda.

2. Vodiyda “gaz inqirozi”. Gaz shoxobchalarida avtonavbatlar yuzaga kelgan, odamlar manziliga qanday yetib olishni bilmayapti. 18-yanvar kuni kech tushishi arafasida vaziyat barqarorlashgani aytilmoqda.

3. Shavkat Mirziyoyevning qizi Shahnoza Mirziyoyeva bog‘cha vazirligida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ishlamoqda. Ma’lumot uchun, Shahnoza Mirziyoyeva Prezident Shavkat Mirziyoyevning kenja qizidir.

4. Madina va Azizbek 2017-yilda O‘zbekistonda bolalarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar bo‘ldi. 138 ta oilada 3 nafar boladan iborat egizaklar va 1 ta holatda Andijon viloyati Shahrixon tumanida 4 nafar boladan iborat egizaklarning tug‘ilishi qayd etilgan.

5. Samvel Babayan futboldan millati uchun chetlatildimi yoki nafsi? Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi armanistonlik jurnalist tomonidan yozilgan millatchilik ruhidagi maqolaga izoh berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют