» » Qozog‘iston IIV Aqto‘beda yonib ketgan avtobus yo‘lovchilari shaxsini aniqlashda yordam so‘radi

Qozog‘iston IIV Aqto‘beda yonib ketgan avtobus yo‘lovchilari shaxsini aniqlashda yordam so‘radi


Qozog‘iston ichki ishlar vazirligi Aqto‘be viloyatida yonib ketgan avtobus yo‘lovchilari jasadlarining shaxsini aniqlashda yordam so‘ramoqda, deb yozadi Kazakhstan Today.

“Marhumlar jasadlari shaxsini aniqlashdagi qiyinchiliklarni hisobga olib, tegishli axborotga ega fuqarolardan Qozog‘iston Respublikasi IIV yoki O‘zbekiston Respublikasi FVVga 2018-yilning 12—13-yanvar kunlari Rossiya Federatsiyasining Qozon shahriga Qozog‘iston orqali tranzit bilan jo‘nab ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari haqida xabar berishini so‘raymiz”, — dedi IIV vakili Almas Sadubayev.

U jo‘nab ketgan shaxslarning uyali telefon raqamlari, shuningdek, boshqa har qanday qo‘shimcha ma’lumot (alohida belgilari, shu jumladan tish protezlari, implantlar, muqaddam suyak sinishlari, pasport raqami, uning nusxasi, fotosurat va boshqalar)ni taqdim etishni so‘radi.

Qozog‘iston IIV telefon raqamlari: 8-7132-56-29-67, 8-7132-56-68-85, 8-7132-93-61-55, 8-7132-72-90-50 (faks).

O‘zbekiston FVV telefon raqamlari: +998-71-147-10-50, +998-71-212-67-00.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют