» » Rossiyalik professor Vladislav Kuzavkov O‘zbekistonda koxlear implantatsiya operatsiyalarini o‘tkazdi

Rossiyalik professor Vladislav Kuzavkov O‘zbekistonda koxlear implantatsiya operatsiyalarini o‘tkazdi


Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan tashrif buyurgan professor, tibbiyot fanlari doktori Vladislav Kuzavkov bilan hamkorlikda koxlear implantatsiya operatsiyalari bo‘yicha mahorat darslari hamda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Vladislav Kuzavkov nafaqat Rossiyada, balki butun dunyoda yetakchi otoxirurglardan hisoblanib, besh ming nafardan ortiq eshitishida muammosi bor bolalarda koxlear implantatsiya operatsiyalarini o‘tkazgan.

Professor o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan hamkorlikda 7 nafar bemor bolada koxlear implantatsiya operatsiyalarini bajarib, 30 dan ortiq bemorlarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun, koxlear implantatsiya operatsiyasi bolalardagi tug‘ma va orttirilgan eshitish zaifligi xastaligini samarali davolaydi. Ushbu amaliyot respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ham muvaffaqiyatli amalga oshirilib kelinmoqda.

“Bugungi kungacha markazda 360 nafardan ortiq bolalarda budjet mablag‘lari hisobidan koxlear implantatsiya operatsiyalari muvaffaqiyatli o‘tkazilgan bo‘lsa, 70 nafardan ortiq bemorlar imtiyoz asosida, homiylar va ota-onalar hisobidan operatsiya qilindi. Implantatsiya qilingan bolalarni monitoring qilish natijalari esa 90 foiz ijobiy. Ya’ni, ularning eshitish qobiliyati tiklanib, gapira boshladi. 7 yoshga kirganlari esa umumta’lim maktablarida o‘z tengqurlari qatorida tahsil olmoqda”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют