» » Rossiyalik professor shifokorlar Guliston shahriga tashrif buyurib, aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi

Rossiyalik professor shifokorlar Guliston shahriga tashrif buyurib, aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi


Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti otorinolaringologiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, pofessor Vasiliy Antoniv va tibbiyot fanlari doktori, professor Valentin Aksenov uch kun davomida Guliston shahrida bo‘lib, sirdaryolik bemorlarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi, deb xabar berdi O‘zA.

Rossiyalik mutaxassislar ishtirokida mahalliy shifokorlar uchun mahorat darslari o‘tkazildi. Quloq, tomoq, burun va boshqa tana a’zolarida shamollash kasalliklarining og‘ir asoratli turlari bilan og‘rigan bemorlar ko‘rikdan o‘tkazilib, muolaja qilindi. Jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.

Tibbiyotning Vatani bo‘lgan O‘zbekistonga kelganimizning o‘zi biz uchun katta sharaf. Yuqori malakali shifokorlar bilan ishlash hamisha zavqli. O‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan go‘yo ko‘p yillardan buyon birga ishlayotgandek his qildim o‘zimni. Bu yerdagi zamonaviy tibbiy jihozlar, shifokor va bemorlar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar tahsinga loyiq. Davlatingiz rahbari tashabbusi bilan tibbiyot sohasida ulkan islohotlar amalga oshirilayotir. Zamonaviy shifoxonalar, tibbiy dori-darmon va asbob-uskunalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar barpo etilmoqda. Tibbiyoti rivojlangan xorijiy davlatlardan malakali shifokorlar taklif qilinmoqda. Bu yerda amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘rib, rosti, sizlarga havasim keldi.

Vasiliy Antoniv, professor

Xorijlik olimlarning tashrifi mahalliy shifokorlarga tajriba almashish imkonini berdi. Bu O‘zbekistonda aholi salomatligini yanada mustahkamlash, mahalliy mutaxassislarni aniq tashxis qo‘yish, eng murakkab muolajalarni amalga oshirish va jarrohlik amaliyoti borasida tajribasini boyitishga xizmat qiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-08-2017, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют