» » “Nasaf” Chempionlar Ligasining 3+1 ko‘rinishidagi legionerlar limitidan maksimal foydalandi. Klubda yangi legioner

“Nasaf” Chempionlar Ligasining 3+1 ko‘rinishidagi legionerlar limitidan maksimal foydalandi. Klubda yangi legioner


Qarshining “Nasaf” klubi serbiyalik Slavko Lukichni o‘z safiga qo‘shib oldi. Shartnoma qanchaga mo‘ljallangani borasida aniq ma’lumot berilmadi.

1989-yilning 14-martida tug‘ilgan Lukich o‘ng qanot himoyasida harakat qiladi. “Nasaf” aynan shu pozitsiyada to‘p suradigan ikki tajribali futbolchisini ketma-ket yo‘qotdi. Ikki yil avval “Lokomotiv” Shuhrat Muhammadiyevning “ilib ketgan” bo‘lsa, bu yil Toshkentning boshqa bir klubi “Paxtakor” otni qamchiladi va Akmal Shorahmedovga ega chiqdi. Endilikda bo‘shab qolgan o‘rin Lukich bilan to‘ldiriladi.

Futbolchi Serbiya U19 va U21 terma jamoalarida to‘p surgan. Bungacha Slovakiyaning “Spartak” jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgandi.

Shu tariqa “Nasaf” OFK Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasi uchun belgilab qo‘yilgan legioner futbolchilar kvotasi — 3+1 dan maksimal foydalanadigan bo‘ldi. Bungacha klub chernogoriyalik Dragan Cheran hamda rossiyalik Igor Golbanni yana 1 yilga olib qolgandi. Shuningdek, yaqindagina Tojikiston milliy terma jamoasi a’zosi Jahongir Aliyev ham Qarshi klubi bilan shartnoma tuzgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2018, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют