» » 2018-yilda O‘zbekistonda barcha telefon raqamlari “7 raqamli” tizimdan “9 raqamli” tizimga o‘tkaziladi

2018-yilda O‘zbekistonda barcha telefon raqamlari “7 raqamli” tizimdan “9 raqamli” tizimga o‘tkaziladi


Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2018-yilda joriy “7 raqamli” telefon raqamlari tizimidan “9 raqamli” tizimga o‘tishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Terabayt.uz” xabar berdi.

Ushbu o‘zgarishlar xalqaro elektr aloqa ittifoqi taklifi va RH 45-101:2013 rahbariy hujjati asosida amalga oshiriladi.

Hozirda shahar telefoni orqali Toshkent shahrida joylashgan abonentga qo‘ng‘iroqni amalga oshirish uchun misol tariqasida 245-45-45 raqamlari terilgan bo‘lsa, o‘zgarishlardan so‘ng 71-245-45-45 tarzida raqam terilib, qo‘ng‘iroq amalga oshiriladi.

Mobil telefoningiz orqali ham xuddi shu tartib amal qiladi. Abonent raqamini to‘liq terilgan holatda esa (+99871 245-45-45) odatiy tarzda qo‘ng‘iroq amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют