» » 2017-yilda rejalashtirilgan 25,5 mingta uy-joyning 19 mingtasi qurilib, foydalanishga topshirildi (foto)

2017-yilda rejalashtirilgan 25,5 mingta uy-joyning 19 mingtasi qurilib, foydalanishga topshirildi (foto)


2017-yilda O‘zbekistonda 25,5 mingta uy-joy qurilishi rejalashtirilgan edi. Xususan, uy-joyga muhtoj va kam ta’minlangan oilalar uchun 19,5 mingta, davlat tashkilotlari vakillari uchun 974 ta, profilaktika nozirlariga 3 ming 829 ta uy-joy ajratilishi belgilangandi, deb xabar berdi O‘zA.

2017-yil oxiriga qadar ushbu uy-joylarning 19 mingtasi qurilib, foydalanishga topshirilgan. Qolgan qismi joriy yilning birinchi choragiga qadar egalariga topshirilishi kutilmoqda.

Bu uy-joylarni moliyalashtirish uchun 3 trillion 350 milliard so‘mdan ko‘proq mablag‘ yo‘naltirildi.

Mazkur turar joy massivlarida 440 kilometr suv, 340 kilometr elektr hamda 330 kilometr gaz tarmoqlari, 291 kilometr avtomobil yo‘llari qurildi. 134 infratuzilma obyekti barpo etildi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda arzonlashtirilgan uy-joylarning 1 va 2 toifalari uchun boshlang‘ich mablag‘lar 25 foizdan 15 foizgacha tushirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют