» » 2018-yilda namunaviy loyihalar asosida 22 mingtadan ko‘proq arzon uy barpo etiladi

2018-yilda namunaviy loyihalar asosida 22 mingtadan ko‘proq arzon uy barpo etiladi


Joriy yilda 22 ming 145 ta ko‘p qavatli kvartira va uy-joy qurilishi mo‘ljallanmoqda. Bunda 16 ming 246 ta ko‘p qavatli kvartira va uy-joy kam ta’minlangan oilalarga beriladi, deb xabar berdi O‘zA.

Yosh oilalar uchun 658 ta ko‘p qavatli kvartira, Ichki ishlar vazirligi vakillari uchun 900 ko‘p qavatli uylar, davlat tashkilotlarida ishlovchilar uchun 974 ta, profilaktika nozirlariga 1 ming 174 uy-joy, Mudofa vazirligi vakillari uchun 1 ming 260 ta, harbiy xizmatchilar uchun 50 ko‘p qavatli kvartira, Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilariga 468 ta, milliy armiya xizmatchilariga 468ta uy-joy beriladi.

Mazkur qurilish ishlari uchun 4 trilliondan ko‘proq mablag‘ yo‘naltiriladi

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda arzonlashtirilgan uy-joylarning 1 va 2 toifalari uchun boshlang‘ich mablag‘lar 25 foizdan 15 foizgacha tushirildi.

O‘tgan yili dastur asosida 25,5 mingta uy-joy qurilishi rejalashtirilgan edi.

Xususan, 19 mingta uy-joy qurilib, egalariga berildi. Jumladan, uy-joyga muhtoj va kam ta’minlangan oilalar uchun 19,5 mingta uy-joy, harbiy xizmatchilar uchun 56 ko‘p qavatli uylar, davlat tashkilotlari vakillari uchun 974 ta, profilaktika nozirlariga 3 ming 829 ta uy-joy ajratildi.

Mazkur uy-joylarning qolgan qismi joriy yilning birinchi choragiga qadar egalariga topshirilishi kutilmoqda.

Bu uy-joylarni qurish uchun 3 trillion 350 milliarddan ko‘proq mablag‘ yo‘naltirildi. Mazkur turar joy massivlarida 440 kilometr suv tarmoqlari, 340 kilometr elektr, 330 kilometr gaz tarmoqlari, 291 kilometr avtomobil yo‘llari qurildi. 134 ta infratuzilma barpo etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2018, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют