» » O‘zbekistonda “O‘simliklar klinikasi” xizmati yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda “O‘simliklar klinikasi” xizmati yo‘lga qo‘yiladi


O‘zbekistonda o‘simlik zararkunandalari va kasalliklari bilan asosan fermer xo‘jaliklari shug‘ullanib kelmoqda. Shaxsiy tomorqa xo‘jaliklarida ularga qarshi kurashishning yo‘lga qo‘yilmagani oqibatida katta dalalardan “quvilgan” hasharotlar bu joylarda jon saqlab yana ko‘payib ketmoqda, deb xabar beradi O‘zA.

Buning oldini olish maqsadida mamlakatda birinchi marta “O‘simliklar klinikasi” xizmati yo‘lga qo‘yilmoqda. Loyiha tashabbuskori, Toshkent Davlat agrar universiteti rektori, akademik Botirjon Sulaymonov xizmatning ahamiyati haqida shunday deydi:

— O‘zbekistonda har yili zararkunandalar va turli kasalliklar tufayli qishloq xo‘jaligida hosilning 30-35 foizi nobud bo‘ladi. Birgina sabzavotlarning 8 foizidan ko‘prog‘i shu sabab yo‘qotiladi.

AQSh, Gollandiya, Germaniyada singari rivojlangan mamlakatlarda xizmatlar allaqachon ommalashgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi universetitlar qoshida tashkil etilgan.

Hozirda Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida tajriba tariqasida yo‘lga qo‘yilgan yangi xizmat turini kelgusida har bir mahallada tashkil etish ko‘zda tutilgan. Har bir mahallada to‘rt nafardan xodim ishlaydi.

“O‘simliklar klinikasi” xizmati odamlarning tomorqasida uchrayotgan zararkunanda va kasalliklar turini, zararlash darajasi hamda ularga qarshi samarali kurash choralari bo‘yicha yil davomida xizmat ko‘rsatadi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi xizmatning yo‘lga qo‘yilishi natijasida shaxsiy tomorqa xo‘jaliklaridagi 40 foiz hosildorlik saqlab qolinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 38) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют