» » Termizda Afgoniston fuqarolarini oqitish talim markazining ochilish marosimi bolib otdi

Termizda Afgoniston fuqarolarini oqitish talim markazining ochilish marosimi bolib otdi


Termiz tumanida tashkil etilgan Oliy va orta maxsus talim vazirligi huzuridagi Afgoniston fuqarolarini oqitish talim markazining tantanali ochilish marosimi bolib otdi. Bu haqda OzA xabar bermoqda.

Yangi oquv markazida Afgoniston tomoni ehtiyojlaridan kelib chiqib, 17 oliy va 16 orta maxsus, kasb-hunar talim yonalishi oquv rejalarining modullashtirilgan shakli ishlab chiqilgan. Qoshni davlat yoshlariga ozlari tanlagan kasb sirlarini chuqur orgatish uchun Ozbekiston oliy talim muassasalaridan malakali professor-oqituvchilar jalb etilgan.

Shuningdek, oliy talim muassasalari korporativ tarmogi orqali Elektron talim tarmogiga ulanib, Ozbekistonning istalgan oliy talim muassasasi yetuk olim va mutaxassislari tomonidan videokonferensiya orqali masofadan turib mashgulot otkazish imkoniyati mavjud.

Talim markazining ilk talabalari ozbek tili va adabiyoti yonalishiga qabul qilindi. Ular ikki yil davomida soha boyicha yetuk mutaxassis bolib yetishadi.

Markazning kop qavatli muhtasham oquv binosi, 110 oringa moljallangan talabalar yotoqxonasi, axborot-resurs markazi, sport zali va sport maydonchalari, oshxona afgonistonlik talabalar uchun xizmat qiladi. Binoda kimyo va fizika kabi fanlarni chuqur ozlashtirish, temir yol transporti tizimini puxta organish uchun lingafon xonalari, laboratoriyalar tashkil etilgan. Maishiy, savdo va boshqa xizmatlar korsatadigan shoxobchalar mavjud

Axborot-resurs markazi iqtisodiy-texnik va ijtimoiy-gumanitar yonalishlardagi fanlar boyicha yetarli oquv va yordamchi darsliklar, badiiy va ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar, Ozbekistonda ishlangan 50 dan ortiq badiiy va hujjatli filmlar, audiotoplamlar disklari bilan toldirilgan. Elektron kutubxona tizimiga lotin alifbosidagi 700 dan ziyod elektron adabiyot joylashtirilgan.

Bobom bundan 110 yil ilgari Buxoroda madrasada tahsil olgan, dedi Afgoniston prezidentining MDH davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish boyicha maxsus vakili Muhammad Shokir Korgar. Bugun bu maskanning tantanali ochilishi Amir Temur, Alisher Navoiy, Beruniy singari koplab ulug zotlarning ruhini shod etdi. Afgonistonda 7 millionga yaqin ozbek millatiga mansub aholi yashaydi. Termizda barpo etilgan ushbu talim muassasasi maktab va bogchalarimizdagi ozbek tili mutaxassislariga bolgan ehtiyojni taminlaydi. Kelgusida temir yol, energetika va boshqa sohalarda ham malakali mutaxassislar tayyorlab beradi. Bunday ulug ishning tashabbuskori bolgan Prezident Shavkat Mirziyoyevdan benihoya minnatdormiz.

Afgonistonda ozbek tili uchinchi davlat tili sanaladi. Biroq, bu tildan saboq beradigan mutaxassislar juda kam, deydi Afgoniston tijorat va sanoat vazirligi masul xodimi Musofir Qoqondiy. Afgonistonning turli hududlaridagi ana shu talabni etiborga olib, kelajakda murabbiy bolishni kongliga tukkan 100 ga yaqin ogil-qiz ushbu markazda oqishga jalb etildi. Ayni paytda dunyoning bir qator davlatlarida minglab afgon yoshlari talim olib, kasb organmoqda. Lekin, afgon ogil-qizlari uchun birorta mamlakatda Ozbekistondagi kabi muhtasham maxsus talim muassasasi yoq.

Kelgusida markazni yanada kengaytirish, yozgi oshxona va novvoyxona, hammom va kir yuvish binosini yangidan qurish rejalashtirilgan. 300 orinli qoshimcha yotoqxona barpo etish moljallangan. Oquv ishlab chiqarish ustaxonasi rekonstruksiya qilinib, yangi bino quriladi. Afgonistonlik talaba-yoshlarning oqishi, kasb organishi, bosh vaqtini mazmunli otkazishi uchun qoshimcha sharoitlar yaratiladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (23-01-2018, 13:13)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
:
-
:
20 ... -