» » Jizzaxda farzandi darsga kelmagani uchun 2487 ota-onaga ma’muriy chora ko‘rildi

Jizzaxda farzandi darsga kelmagani uchun 2487 ota-onaga ma’muriy chora ko‘rildi


Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i R. Tursunovning ta’kidlashicha, 2017-yilda Jizzax viloyatida umumiy jinoyatlar soni 2016-yilga nisbatan 237 taga kamaygan. Uning so‘zlarini O‘zA keltirmoqda.

Jumladan, jinoyatning uncha og‘ir bo‘lmagan turlari 8,6 foizga, og‘ir turlari 3,2, og‘ir tan jarohati yetkazish 17,7, o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish 41,7, yengil tan jarohati yetkazish 16,7 foizga qisqardi. Bosqinchilik, talon-taroj qilish, tovlamachilik, firibgarlik, bezorilik kabi jinoyat turlari ham oldingi yilga nisbatan sezilarli kamaydi.

“Davomat” tadbirlari davomida farzandlari dars mashg‘ulotiga muntazam qatnashmaydigan 2487 nafar ota-onaga ma’muriy chora ko‘rildi. Viloyat hududidagi 541 umumta’lim maktabidan 349 tasiga, 75 kasb-hunar kollejidan 61 tasiga, 172 maktabgacha ta’lim muassasasidan 89 tasiga kuzatuv kamerasi, 31 bozorning 24 tasiga videokameralar o‘rnatilgani jinoyat va boshqa huquqbuzarliklarni aniqlash hamda ularni “izi sovumasdan” fosh etish imkoniyatini bermoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют