» » Anorning 5 ta foydali xususiyati

Anorning 5 ta foydali xususiyati


Bu mazali va ko‘zga tashlanuvchi mevaning foydali xususiyatlari juda ko‘p. U yurakni mustahkamlaydi, saratondan himoya qiladi va gemoglobin miqdorini oshiradi.

Anorning tarkibida vitaminlar ko‘p

Anorda ham ko‘pchilik mevalardagi kabi ko‘plab vitaminlar: C, K, B6 va B9, shuningdek 15 ta aminokislota mavjud. Anor kaliy, mis, fosfor, magniy, yod va temir kabi minerallarga boy. Anordagi temir moddasi yaxshi singdiriladi. Aynan shuning uchun kamqonlikda bir kunda kamida bir piyola anor suvini ichish tavsiya qilinadi.

Anor yurakni mustahkamlaydi

Anor tarkibida organizmda erkin radikallar miqdorini qisqartiradigan va yurakka ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan punakalagin moddasi mavjud. Olimlar anor xolesterin miqdorini kamaytirishini va qon tomirlaridagi toshmalarga qarshi kurashishini aniqladi.

Anor qarishdan himoya qiladi

Yosh o‘tishi bilan inson organizmida to‘qimalar va hujayralarning inqirozi yuz beradi. Tadqiqotlar anor tarkibidagi A urolitin moddasi bu jarayonni to‘xtatishi mumkinligini ko‘rsatdi.

Anor saratonning oldini oladi

Ko‘pchilik oziq-ovqatlar saratonga qarshi xususiyatlarga ega. Anor — ulardan biri. Uning tarkibida organizmda xavfli o‘smalar paydo bo‘lishiga qarshilik ko‘rsatuvchi ellagotanin moddasi mavjud. Anorni yoki suvini har kuni iste’mol qilish saraton kasalliklariga chalinish ehtimolini bir necha marta pasaytiradi.

Anor gemoglobin miqdorini oshiradi

Gemoglobin — tarkibi temirdan iborat oqsil hisoblanadi. Gemoglobin yetishmasligida odam ko‘ngil aynish, zaiflik va tez charchashni his qilishi mumkin. Agar sizda gemoglobin miqdori kam bo‘lsa, har kuni 150—200 ml dan yangi siqilgan anor sharbatini iching.

Manba: Trendymen



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют