» » Quvalik ikki fuqaro 6 ming dollar bilan ham Janubiy Koreyaga borolmadi

Quvalik ikki fuqaro 6 ming dollar bilan ham Janubiy Koreyaga borolmadi


Nodira Nazirova Farg‘ona shahrida yashovchi bir kishi andijonliklarni Janubiy Koreyaga ishga jo‘natib yuborganini eshitib, uni qidira boshladi. Nihoyat, sirli kishining telefon raqamini topdi, deb xabar beradi O‘zA. 

2017-yilning may oyi o‘rtalarida Farg‘ona shahrida yashovchi o‘sha An Chan Nomga qo‘ng‘iroq qilib, Koreyaga ishga jo‘natishni iltimos qildi. Albatta, bunday yaxshi “taklif” An Chan Nomga ham juda yoqib tushdi. 

Mijozni ishontirish uchun Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasida tanishlari borligini aytib, bu ish quruqqa bitmasligiga ishora qildi. N. Nazirova va uning jiyanini 6 ming dollar evaziga ishga jo‘natib yuborish hech gap emasligini aytib, ularni aldadi. 

Bir necha oylik sarson-sargardonlikdan so‘nggina N. Nazirova firibgarning qo‘liga tushib qolganini anglab yetdi va huquq-tartibot idoralariga murojaat qildi. Koreyaga ishga jo‘natuvchi “ishbilarmon” Farg‘ona shahrining Qirguli mavzesida joylashgan “Toshkent” kafesida 6 ming dollarni olayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan daliliy ashyo bilan ushlandi. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Quva tuman sudi tomonidan firibgarga qilmishi uchun tegishli jazo tayinlandi. 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют