WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Dunyodagi eng semiz bola ozib, divandan turishga erishdi
Dunyodagi eng semiz bola ozib, divandan turishga erishdi
Dunyodagi eng semiz bola hisoblangan indoneziyalik Ariya Permana vaznining uchdan birini tashladi va divandan turishga erishdi. Bu haqda The Mirror xabar bermoqda.
Ariya do‘stlari bilan o‘ynab, maktabga qatnay boshladi.
Ozishdan avval 10 yoshli Permananing vazni 192 kilogrammga yaqin edi. U ikki yil ichida 76 kilogrammga vazn tashladi va hayot tarzini keskin o‘zgartirdi: bo‘sh vaqtida do‘stlari bilan futbol va badminton o‘ynay boshladi. U maktabga mustaqil qatnamoqda va har kuni ikki kilometr yugurmoqda.
Avval unga taom uchun qarz olishga majbur bo‘lgan ota-onasi o‘g‘lidagi o‘zgarishlardan mamnun. Permananing onasi o‘g‘liga shirinlik yeyishni man qilib, ko‘proq meva-sabzavot berayotganligini ma’lum qildi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?