» » Qanday qilib pergament qog‘ozi va folgadan oshxonada to‘g‘ri foydalanish kerak?

Qanday qilib pergament qog‘ozi va folgadan oshxonada to‘g‘ri foydalanish kerak?


Duxovkada ovqat tayyorlashda pergament qog‘ozi va folgadan foydalanishda qanday hollarda va qanday oziq-ovqatlar uchun qaysi birini tanlash muvofiqroq bo‘lishini aniq bilish lozim.

Duxovkada ovqatlar tayyorlashda folga juda kerakli, o‘ziga xos material hisoblanadi. Birinchi navbatda bu hatto juda yuqori harorat rejimlarda ham xavfli moddalar ajratmaydigan mutlaqo xavfsiz material.

Folga ovqat atrofida o‘ziga xos mikroiqlim yaratish bilan uning tayyorlanish vaqtini qisqartiradi va bunda foydali vitaminlar va mikroelementlarni o‘zida saqlab qoladi.

Folga jilosiz va yaltiroq taraflarga ega, ko‘pchilik foydalanuvchilar uning qaysi tarafini tanlashni bilmay qoladi. Yaltiroq yuzaning issiqni aks ettirish xususiyatini, jilosiz yuzaning esa issiqni yutish xususiyatini hisobga olgan holda, ovqat uchun yaltiroq yuzani ishlatish eng muvofiq variant hisoblanadi.

Pergament qog‘ozi har xil shirinliklar, korjlar va kekslar pishirishda ishlatish uchun juda qulay. Agar pishirishda suyuq yopishqoq xamirdan foydalanilsa, pergamentga yopishib qolmasligi uchun unga un sepiladi yoki yog‘ suriladi.

Sabzavotlarni pishirish uchun ham pergament qog‘ozdan, ham folgadan foydalanish mumkin. Usti qizarib pishishi uchun qog‘oz ishlatgan ma’qulroq. Folgadan foydalanish sabzavotlarning yumshoq bo‘lib pishishini ta’minlaydi.

Tayyorlash jarayonida sabzavotlardan ajralib chiqadigan sharbat oqib ketishining oldini olish uchun ularni folgaga yaxshilab o‘rash lozim.

Parranda, baliq yoki go‘shtni pishirish faqat oziq-ovqatlar atrofida o‘ziga xos mikroiqlimli germetik muhit yaratish xususiyatiga ega bo‘lgan folgadan foydalanishni talab qiladi. Folga pishish vaqtini tezlashtiradi, namlik va issiqlikning tashqariga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi, shuningdek taomga yumshoqlik va yoqimli hid beradi.

Oziq-ovqatlarni folga ichiga joylashtirishdan oldin ularning yuzasiga yog‘ surish, tayyor bo‘lishdan 20 daqiqa avval esa folga o‘ramlarini ochish tavsiya qilinadi. Bu taomning qizarib pishishini ta’minlaydi.

Manba: “Xitrosti jizni”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2018, 18:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют