» » Chempionlar Ligasi. “Paxtakor” allaqachon Qatarga yetib keldi. “Nasaf”ning raqibi esa Toshkentda

Chempionlar Ligasi. “Paxtakor” allaqachon Qatarga yetib keldi. “Nasaf”ning raqibi esa Toshkentda


30-yanvar kuni O‘zbekistonning ikki futbol klubi Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqichi uchun pley-off o‘yinida ishtirok etadi.

Chempionatni kuchli uchlikda yakunlagan “Paxtakor” Qatarda “Al-Garafa” mehmoni bo‘ladi. Vitse-chempion “Nasaf” esa Qarshida Iordaniyaning “Al-Faysaliy” klubini qabul qiladi.

Ayni paytda “paxtakorchilar” Qatar poytaxti Dohaga yetib kelib ulgurgan. Ular bilan birga 60 dan ziyod futbol muxlisi charter reysda Qatarga uchgani aytilgan. Bellashuv davomida muxlislar O‘zbekistonning eng sovrindor klubini qo‘llab-quvvatlab turadi.

“Nasaf”ning raqibi esa Toshkentga kelib ulgurgan. Ertaga — dushanba kuni “Al-Faysaliy” futbolchilari Qarshiga yetib keladi. Shundan kelib chiqib, o‘yinoldi rasmiy marosimlar 29-yanvar kunining ikkinchi yarmida o‘tkaziladi.

“Nasaf” — “Al-Faysaliy” o‘yini 16:00 da start oladi. “Paxtakor”ning Qatardagi bellashuvi esa Toshkent vaqti bilan 22:00 ga tayin qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2018, 13:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют