» » 500 dollar pora olgan farg‘onalik inspektor 5 yilga qamaldi

500 dollar pora olgan farg‘onalik inspektor 5 yilga qamaldi


Farg‘ona viloyati IIB post-patrul xizmati bataloni kadrlar guruhi katta inspektori Karimjon Kamolovning kelajagi porloq ekaniga hamma ishonardi. Afsuski, u bu ishonchni oqlamadi, deya xabar beradi O‘zA.

Binoyidek ishlab yurgan bu inspektor to‘g‘ri yo‘ldan adashdi. 2014-yil oxirlarida ichki ishlar tizimida ishlayotgan U.Yo‘ldoshev Karimjonni tushlikka taklif etib, M. Eshpo‘latova bilan tanishtiradi.

M.Eshpo‘latova anchadan buyon o‘g‘lini ichki ishlar idorasiga ishga joylashtirishni o‘ylab yurardi. Gap orasida undan ichki ishlar idorasiga ishga olib kirib qo‘yish necha pul bo‘lishini so‘radi. Suhbat asnosida K.Kamolov 4 ming dollar bo‘lishi va IIBga ishga kirish tartibini tushuntirib, agar zarurat tug‘ilsa, yordam berishi mumkinligini bildirdi.

M.Eshpo‘latova o‘g‘lini ichki ishlar idorasiga ishga olib kirib qo‘yishni iltimos qilib ancha yurdi. U.Yo‘ldoshev nafaqaga chiqqandan so‘ng, 2017-yilda iyul oyida K.Kamolov bilan uchrashib,            M. Eshpo‘latovaning o‘g‘li haliyam IIBga ishga kira olmaganini aytadi. Ishga kiritib qo‘yish qancha bo‘lishini so‘raydi. K.Kamolov 3 ming dollar ketishini, ammo bu ish qo‘lidan kelmasligi, shunday bo‘lsa-da, harakat qilib ko‘rishini aytadi. Karimjon ishga kiritish uchun ketadigan “xarajat”ning ma’lum qismini olish taklifiga ko‘ndi.

Milliy xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi departament viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda K. Kamolov M.Eshpo‘latova hamda U.Yo‘ldoshevdan 500 dollarni pora sifatida olayotganida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi hukmiga binoan K.Kamolov 5 yil muddatga ozodlikdan muhrum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2018, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 140) ( 0) ( 139) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют