» » O‘zbekistonga AQShdan tuberkulyozni tezda aniqlovchi uskuna keltirildi

O‘zbekistonga AQShdan tuberkulyozni tezda aniqlovchi uskuna keltirildi


AQSh O‘zbekistonga ikki soat ichida tuberkulyozni aniqlash imkonini beruvchi Xpert MTB/RIF uskunasining to‘rt komplektini yetkazib berdi, deb xabar beradi “Narodnoye slovo”.

Bunga qadar O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalarida tuberkulyoz tashxisi sakkiz haftadan so‘ng qo‘yilar edi.

Tibbiy uskunani topshirish marosimi respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy markazida bo‘lib o‘tdi.

Marosimda USAID’ning Markaziy Osiyodagi hududiy missiyasi direktori o‘rinbosari Sara Uolter, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Liann Kuppens va sog‘liqni saqlash vazirligi davolash profilaktika yordamini tashkillashtirish bosh boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Asilbek Ahmadjonov ishtirok etdi.

Tez tashxis qo‘yish imkonini beruvchi tibbiy uskunani xarid qilish USAID ko‘magida va KNCV Tuberculosis Foundation va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamkorligida O‘zbekistonda tatbiq etilayotgan Challenge TB loyihasi vositasida amalga oshirildi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda Xpert MTB/RIF uskunasining 27 ta komplektidan foydalanilmoqda. Ualrdan to‘rttasini 2014-yilda USAID hadya qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2018, 17:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют