» » Tergovchi yegulik evaziga kareliyalik erkakni qilmagan jinoyatlarini tan olishga ko‘ndirdi

Tergovchi yegulik evaziga kareliyalik erkakni qilmagan jinoyatlarini tan olishga ko‘ndirdi


Rossiyaning Kareliya Respublikasida sud ayblanuvchiga o‘z aybini tan olishi uchun spirtli ichimlik va yegulik bergan tergovchiga nisbatan ayblov e’lon qildi. Bu haqda Kareliya prokuraturasi xabar bergan.

Xabar berilishicha, Rossiya IIVning Segejsk tumani tergov bo‘lim xodimi Dmitriy Pidlisnyuk 2012-yilda Segejsk shahrida yashovchi erkakni o‘zi qilmagan 14 ta o‘g‘rilik, ikkita talonchilik va firibgarlik jinoyatini o‘z bo‘yniga olishga ko‘ndirgan.

Pidlisnyuk ishontirish va tahdid bilan hibsda ushlab turilgan erkakni o‘zi qilmagan ayblarni tan olishga ko‘ndirgan. Buning uchun tergovchi bir necha marta erkakka yegulik, kiyim va taqiqlangan buyumlar, shu jumladan spirtli ichimliklar bergan.

Tergovchi guvohlar va jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalari aks etgan bayonnomalarni ham soxtalashtirgan. Natijada erkak besh yarim yilga qattiq tartibli koloniyaga qamalgan. Biroq keyinchalik Kareliya Oliy sudi kassatsion shikoyatni ko‘rib chiqib, ayblovni bekor qilgan va sudlanuvchini faqat bitta ishda aybdor deb topgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 00:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют