» » Server Jeparov golli pas bergan o‘yinda “Istiqlol” Hazfi Kubogining finaliga yo‘l oldi

Server Jeparov golli pas bergan o‘yinda “Istiqlol” Hazfi Kubogining finaliga yo‘l oldi


O‘zbekistonlik futbolchi Server Jeparov to‘p suradigan “Istiqlol” Hazfi Kubogining finaliga yo‘l oldi.

“Championat.asia” nashrining ma’lumot berishicha, Jeparov o‘yinni boshlang‘ich tarkibda o‘tkazgan va maydonda 65 daqiqa harakat qilgan. Futbolchi jamoasining ikkinchi goliga pas bergani bilan yodda qolgan.

Serverning aniqlik kiritishicha, Hazfi Kubogida g‘olib chiqqan jamoa Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Chempionatda esa “Istiqlol” 32 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi. 4-fevral kuni tehronliklar 35 ochko bilan kuchli uchlikda borayotgan “Zob Ohan” maydonida saf tortadi.

Hazfi Kubogi

Yarim final

30 yanvar, seshanba

Gollar: Pejman Muntazariy, 9 (0:1). Darvesh Shojaiyon, 44 (0:2). Lusiano Pereyra, 62 (1:2).

Jeparov uchun Erondagi bu mavsum bir tekis o‘tmoqda, deyish mumkin. Quyidagi statistika ham buni ko‘rsatib turibdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют