» » Meizu 15 Plus: flagmanning yangi tasvirlari tarqaldi va narxi ma’lum bo‘ldi (foto)

Meizu 15 Plus: flagmanning yangi tasvirlari tarqaldi va narxi ma’lum bo‘ldi (foto)


Internetda yangi Meizu 15 Plus flagmanining “jonli” tasvirlari va renderlari paydo bo‘ldi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru. Ularda smartfonning taxminiy narxi ham ko‘rsatilgan bo‘lib, manbalarga ishonadigan bo‘lsak, qurilma Xitoyda 3400 yuan (540 dollar) turadi.

Tasvirlarga ko‘ra, flagmanning korpusi metall va shishadan qilinadi. Orqa panelda vertikal qo‘sh kamera joylashadi. Barmoq izi skaneri Meizu M6S’dagi kabi qurilmaning o‘ng yonida joylashishi taxmin qilinmoqda. Meizu 15 Plus ingichka romli, displeyi esa aylana burchakli bo‘ladi. Shuningdek, qurilmada naushnik uchun 3,5 millimetrli port bo‘ladi.

Meizu 15 Plus “ukasi” Meizu 15 bilan birgalikda mart oyida sotuvga chiqishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют