» » Tramp Kongressni faqat “Amerikaning do‘stlari”ga yordam ko‘rsatish imkonini beruvchi qonun qabul qilishga chaqirdi

Tramp Kongressni faqat “Amerikaning do‘stlari”ga yordam ko‘rsatish imkonini beruvchi qonun qabul qilishga chaqirdi


Prezident Donald Tramp 30-yanvar, seshanba kuni  AQSh Kongressini faqat “Amerikaning do‘stlari”ga moliyaviy yordam ko‘rsatish imkonini beruvchi qonun loyihasini ma’qullashga chaqirdi, deb yozadi “TASS”.

AQSh ma’muriyati rahbari Quddusni Isroil poytaxti deb topish haqidagi qarori dunyoda asosan keskin salbiy reaksiyani  yuzaga keltirganligini eslatdi.

“Bu qarordan so‘ng o‘nlab davlatlar BMT Bosh Assambleyasida Amerikaning bu kabi bayonot bilan chiqish suveren huquqiga qarshi ovoz berdi. Amerika soliq to‘lovchilari esa aynan o‘sha mamlakatlarga yiliga milliardlab dollarni yordam sifatida yubormoqda. Shuning uchun bugun kechqurun Kongressdan Amerika dollarlari xorijiy yordam sifatida har doim AQSh manfaatlariga xizmat qilishi va faqat Amerika do‘stlariga berilishini kafolatlovchi qonun qabul qilishini so‘rayman”, — dedi Oq uy egasi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют