» » 2018-yildan O‘zbekiston telefon raqamlarining 9 belgili tizimiga o‘tadi

2018-yildan O‘zbekiston telefon raqamlarining 9 belgili tizimiga o‘tadi


2018-yildan O‘zbekiston telefon raqamlarining 9 belgili tizimiga o‘tadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Bunday tizimga o‘tish to‘g‘risida qaror Xalqaro elektr aloqa uyushmasining tavsiyalari hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlari raqamlari tizimi va rejasi” talablariga muvofiq qabul qilingan.

2018-yilda telefon raqamlari yana ikkitaga uzayadi. Endilikda avval terilmagan hudud kodi teriladi, bu bilan shaharlararo raqamlarni terish jarayoni soddalashadi.

“7 belgiligi raqamlardan 9 belgili raqamlarga o‘tish — davr talabi. Bu mobil aloqa operatorlarining raqamlar zaxirasi deyarli tugagani, aloqa xizmatlariga bo‘lgan talab esa kundan-kunga ortib borayotgani bilan izohlanadi”, — deyiladi “O‘ztelekom” xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют