» » Namanganda notariuslar xonadonlarga borib sayyor notarial harakatlarni amalga oshirmoqda (foto)

Namanganda notariuslar xonadonlarga borib sayyor notarial harakatlarni amalga oshirmoqda (foto)


Namangan viloyatidagi davlat notarial idora notariuslari tomonidan 2017-yilning noyabr oyidan hozirgi kunga qadar viloyatdagi barcha tuman va shaharlardagi 453 ta mahalla fuqarolari yig‘inlarda davra suhbatlari o‘tkazildi, deb xabar beradi Namangan viloyati adliya boshqarmasi matbuot xizmati.

Shuningdek, fuqarolarning yashash xonadonlariga borgan holda sayyor tartibda 420 ta notarial harakatlar amalga oshirildi.

Notariuslar tomonidan o‘tkazilgan davra suhbatlari jarayonida notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi, talab qilinadigan hujjatlar, meros ishlarini rasmiylashtirish, vasiyatnoma berish, avtotransport vositalarini begonalashtirishda aldanib qolmaslik, avtotransport vositasini boshqarish va sotish huquqi bilan ishonchnomalar va boshqa harakatlarni rasmiylashtirish hamda huquqbuzarlik profilaktikasi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilgan.

“Mazkur tadbirlar viloyatdagi barcha notariuslar tomonidan viloyatning barcha tuman (shahar)larida, olis chekka qishloqlarida o‘tkazilib, asosiy maqsad viloyat aholisining og‘irini yengil qilish, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining real himoya qilinishini ta’minlashga yo‘naltirilgan. Bu kabi tadbirlar yil davomida doimiy ravishda o‘tkazib boriladi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2018, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют