» » Qishki transfer. Sanches, Uolkott va Jiru ketgan “Arsenal”, Obameyangni olib keldi. “Siti” va “Chelsi” himoyachi sotib oldi

Qishki transfer. Sanches, Uolkott va Jiru ketgan “Arsenal”, Obameyangni olib keldi. “Siti” va “Chelsi” himoyachi sotib oldi


Kecha — 31-yanvar kuni Yevropada qishki transfer oynasi rasman yopildi. Bungacha Koutinyoning “Barselona”ga o‘tishi va Aleksis Sanchesning “Yunayted”ga kelishi shov-shuvli bo‘lgandi. Kecha esa “Arsenal” katta sahnada turdi.

Arsen Venger jamoasini qishning o‘zidayoq 3 hujumchi tark etdi: Aleksis Sanches, Teo Uolkott hamda Olivye Jiru. Sanches faoliyatini “Yunayted”da davom ettirishni boshlagan bo‘lsa, Uolkott kecha “Everton” safida 2 ta gol urishga erishdi. Jiru esa Londonning boshqa bir klubi “Chelsi” bilan 18 oylik kelishuvga erishdi.

“Arsenal” mavsum boshida Aleksandr Lyakazettni olib kelgandi. Kecha “to‘pchilar” Dortmundning “Borussiya” klubidagi o‘yinlari bilan yulduzlik darajasiga ko‘tarilgan Pyer-Emerik Obameyangni rasman tanishtirdi. Shu tariqa ketganlar o‘rni qoplandi. Obameyangning kelishi Mesut O‘zilni ham jamoada olib qoldi va germaniyalik yarim himoyachi londonliklar bilan shartnomasini 2021-yil yoziga qadar uzaytirdi.

“Chelsi” esa Mishi Batshuayini “Borussiya Dortmund”ga ijaraga berdi. Olivye Jiru jamoaga kelib qo‘shilishidan tashqari, Antonio Konte “Roma” himoyachisi Emersonga ham ega chiqdi. Emerson “Chelsi” bilan 4,5 yillik kelishuvga erishdi.

“Manchester Siti” klubi yozda ikki himoyachini rekord summalarga xarid qilgandi: Kayl Uoker hamda Benjamin Mendi. Bu bilan cheklanishni istamagan Gvardiola “Atletik”ning fransiyalik himoyachisi Aymerik Lyaportni ham “shaharliklar” safiga o‘tishga ko‘ndirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2018, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют