» » Bryus Uillis Nyu-Yorkdagi uyini 18 mln dollarga sotdi (foto)

Bryus Uillis Nyu-Yorkdagi uyini 18 mln dollarga sotdi (foto)


Gollivud aktyori Bryus Uillis va rafiqasi Emma Xeming Uillis dang‘illama uyini qariyb 18 million dollarga sotayotgani haqida ma’lumot e’lon qildi, ikki haftadan keyin esa shartnoma imzolangani ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Forum Daily.

Aktyor Nyu-York Markaziy xiyoboni ko‘rinib turadigan uyi uchun 17,75 million dollar so‘ragan. Ko‘chmas mulkni kim sotib olgani va u qancha pul to‘lagani noma’lum.

Er-xotin Uillislar uyni 2015-yilda 17 million dollarga sotib olgan. Hozirda ular “bu uyda ko‘p vaqt o‘tkazmayotgani” tufayli uni sotishga qaror qilgan.

Oilaning Vestchesterda ham uyi bor, u esa 9 million dollarga baholanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют