» » Isroil G‘azo sektoridan amalga oshirilgan raketa zarbalariga javob qaytardi

Isroil G‘azo sektoridan amalga oshirilgan raketa zarbalariga javob qaytardi


Isroil armiyasi G‘azo sektoridan amalga oshirilgan raketa zarbalariga qarshi falastinlik jangarilarning bazasiga aviazarba berganini tasdiqladi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

Ta’kidlanishicha, anklav janubidagi ikkita harbiy binodan iborat kompleks nishonga olingan.

“O‘tgan kecha Isroil janubi tomon uchirilgan raketalarga qarshi samolyotlarimiz G‘azo sektorining janubiy qismidagi ikkita harbiy binodan iborat HAMAS kompleksiga hujum uyushtirdi”, — deyiladi armiya matbuot xizmatining xabarida.

Eslatib o‘tamiz, G‘azo sektoridan amalga oshirilgan zarbalar oqibatida hech kim jarohatlanmagan, Falastin tomonidagi yo‘qotishlar borasida esa hozircha ma’lumot yo‘q.

Isroil mazkur raketalarning uchirilishini ham anklav hududidan amalga oshirilgan boshqa harakatlar kabi HAMAS harakatining zimmasiga yukladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2018, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют