» » Safarbarlik chaqiruv rezervi uchun tolanadigan badal pul salkam 1,3 million somga kamaytirildi

Safarbarlik chaqiruv rezervi uchun tolanadigan badal pul salkam 1,3 million somga kamaytirildi


Ozbekiston Prezidentining 2018-yilning 2-fevraldagi farmoniga muvofiq, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga qabul qilingan fuqarolar tomonidan maxsus hisob raqamiga tolanadigan pul badali 5-fevraldan boshlab eng kam oylik ish haqining 20 barobari(3-fevral holatiga kora,3 444 800 som) etib belgilandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bunga qadar safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga qabul qilingan fuqarolar tomonidan maxsus hisob raqamiga tolanadigan pul badali eng kam oylik ish haqining 27,5 barobari(3-fevral holatiga kora, 4 736 600 som)ni tashkil etardi.

Joriy yilning fevral-mart oylarida tuman (shahar) chaqiruv komissiyalari tomonidan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga otkaziladigan chaqiruv yoshidagi fuqarolar yangidan belgilangan miqdor boyicha shartnomalar imzolab, pul badalini tolashlari mumkin.

Eslatib otamiz, Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat togrisidagi qonunga asosan, 2003-yildan boshlab chaqiruv yoshidagi fuqarolar uchun harbiy xizmat turi sifatida safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat joriy etilgan.

Unga muvofiq, muddatli harbiy xizmatni otashga yaroqli, chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bolmagan, biroq Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi muddatga chaqirilmagan shaxslar safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olinadi.

Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat hududiy prinsip asosida oylik yiginlar tarzida tashkil etilgan bolib, chaqiriluvchilar tomonidan maxsus hisob raqamga pul badali kiritilishini nazarda tutadi.

Vazirlar Mahkamasining 2003-yildagi Ozbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari togrisidagi qaroriga asosan, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olinadigan fuqarolar tomonidan maxsus hisob raqamiga tolanadigan pul badallarining tolanish tartibi va shartlari Qurolli Kuchlarda harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv davrida chaqiriluvchi va Mudofaa vazirligi nomidan hududiy mudofaa ishlari bolimi boshligi ortasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.

Safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olingan chaqiriluvchilar tomonidan pul badallari, ularni safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olinganidan keyin bir yil mobaynida Xalq banki orqali tolanadi. Tomonlarning kelishuviga kora, tolov toliq hajmda bir yola yoki bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
: admin (3-02-2018, 15:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 2) ( 0) ( 1) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -