» » Italiyada o‘tkinchilarga qarata o‘t ochildi, yaradorlar bor

Italiyada o‘tkinchilarga qarata o‘t ochildi, yaradorlar bor


Markaziy Italiyadagi Macherata shahrida mashina oynasidan sodir etilgan otishma oqibatida bir necha kishi yaralandi, deya xabar bermoqda Meduza.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, olti kishi yaralangan. Politsiya axborotida qayd etilishicha, ularning bari chet ellik — afrikaliklar.

Hodisa yuzasidan 28 yoshli gumonlanuvchi qo‘lga olingan. ANSA agentligining yozishicha, gumonlanuvchi qo‘lga olinishi arafasida qo‘lini fashistlarga xos tarzda yuqori ko‘targan. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, mashina ichida ikki kishi bo‘lgan.

Hodisaning ehtimoliy sabablari haqida hozircha ma’lumot yo‘q. ANSA’ning qo‘shimcha qilishicha, otishma 18 yoshli qizning o‘limi yuz bergan shov-shuvli hudud yaqinida sodir bo‘lgan — o‘sha ish bo‘yicha bir nigeriyalik qo‘lga olingan. Shahar merining ma’lum qilishicha, “ikki voqea sodir bo‘lgan joyning bir-biriga yaqinligi ularning o‘zaro bog‘liqligi haqida o‘ylashga majbur qiladi”.

Yanvar oyi oxirida Macheratada 18 yoshli Pamela Mastropyetroning tana qoldiqlari topilgan edi. Tergov-surishtiruv ishlari doirasida kelib chiqishi nigeriyalik shaxs qo‘lga olingan. Taxminlarga ko‘ra, u qizga giyohvand modda sotgan, so‘ng qiz o‘lgach, uning tanasini bo‘laklarga bo‘lib, ikki jomadonga yashirib qo‘ygan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qiz giyohvand moddalarni me’yordan ortiq iste’moli oqibatida vafot etgan bo‘lishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют