» » AQSh Federal zaxira tizimi rahbari lavozimini tark etdi

AQSh Federal zaxira tizimi rahbari lavozimini tark etdi


AQSh Federal zaxira tizimi rahbari Janet Yellen 4 yillik faoliyatini yakunladi va lavozimini tark etdi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.

Markaziy bank xodimlari Yellenni olqishlar bilan kuzatib qo‘ydi. Ular sobiq boshliqlari sharafiga ijtimoiy tarmoqlarda #PopYourCollar (“Yoqangni ko‘tar”) xeshtegini o‘ylab topdi — Yellen ko‘pincha yoqasi ko‘tarilgan kiyim kiyardi.

Janetning keyingi ish joyi ma’lum: u Vashingtondagi Bruklin institutining budjet va pul-kredit siyosatini tadqiq etuvchi Xatchinson markazida faoliyatini davom ettiradi.

AQSh Senati oldinroq mamlakat moliya vazirining sobiq o‘rinbosari Jerom Pauellni FZT rahbari lavozimiga tasdiqlagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют